SMS yuborish uchun siz backend qismda qilishingiz kerak bo'lgan ishlar
GET
method orqali ishlaydigan va sizning OTP kod hamda kodni jo’natish kerak bo’lgan telefon raqamlari listini jo’natadigan so’rov yaratasiz. Masalan quyidagicha:
Agar GET https://your-api-domain.com/your-otp-endpoind
so’rov yuborilsa,
[ { 'phone':"+998912345678", 'code':'12345' }, { 'phone':"+998912345687", 'code':'12367' }, { 'phone':"+998912345690", 'code':'12876' }]
ko’rinishida javob qaytishi shart!
Agar sizda Authorization ham mavjud bo’lsa uni ham kiritishingiz mumkin bo’ladi:
{ "Authorization" : "Bearer YOUR_TOKEN" }
Diqqat! Yuqoridagi JSON formatlariga amal qilmasangiz ishlamay qolishi mumkin. Shuning uchun quyoridagi formatlarga va so’rov-javob prinsiplarga tayanib API ishlab chiqishingiz tavsiya etiladi.